

“Maydonda 11 nafar futbolchi bor – biz 13 kishini maydonga tushira olmaymiz, shu tufayli kim o'ynamasligini hal qilish ustida boshimni qotiraman. Har qanday holatda ham top futbolchilardan biri zaxirada qoladi.
Yoshim ulg'aygan sari qalbimga ko'proq ishonishni boshladim – kayfiyatingiz bo'lmasa, yaxshi o'ynay olmaysiz. Bazida futbolchilarni o'sha vaziyatdagi kayfiyatiga qarab tanlayman va bu jihat tarkibni aniqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “shaharliklar” Angliya chempionatida 36 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Jamoani 5 yanvar kuni “Chelsi”ga qarshi bahs kutmoqda.



