Gvardiola murabbiylik faoliyatida ilk bor ketma-ket 4ta o'yinda mag'lub bo'ldi

Alisher
10 noya 2024, 01:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatida ilk bor ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'ldi.

"Manchester Siti" APL 11-turi doirasidagi "Brayton" (1:2)ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi. "Shaharliklar" bunga qadar Liga kubogida "Tottenxem"ga, APLda "Bornmut" (1:2)ga va Chempionlar ligasi doirasida "Sporting" (1:4)ga mag'lub bo'lishgandi.

"Manchester Siti" APLda 23 ochko bilan ikkinchi o'rinda qolmoqda. Jamoa 2006 yildan beri ilk bor ketma-ket 4 bor mag'lubiyatga uchradi.


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports