

Ushbu uchrashuvda "shaharliklar" bir vaqtning o'zida ikki asosiy himoyachisi - Yoshko Gvardiol va Ruben Diashni yo'qotdi. Ikki futbolchi ham jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi.
Ispaniyalik mutaxassis yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda ekanini yashirmadi. Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi paytda tarkib chuqurligi jiddiy savollar uyg'otmoqda, zaxira o'rindig'ida esa tobora ko'proq klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari paydo bo'lmoqda.
"Bizda jarohatlanganlar soni juda ko'p. Jon Stounz bir necha oydan beri maydonga tusha olmayapti. Endi Ruben ham safdan chiqdi, Yoshkoda ham muammolar bor. Natan Ake har doim ham barqaror o'ynay olmaydi. Bu bizning mavjud holatimiz, qiyin sharoitlarda echim izlashga majburmiz", – dedi Gvardiola.
20 turdan so'ng "Manchester Siti" APL turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Gvardiola jamoasi 7 yanvar kuni 21-tur doirasida o'z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi.



