Gvardiola "Man Siti"ga APL titulini qo'lga kiritish uchun nima qilish kerakligini aytdi

14 may 2026, 10:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasida "Arsenal" bilan titul uchun kurash haqida gapirdi.

"Biz o'tgan o'yinda titul uchun asosiy raqibimiz bilan nima bo'lgani haqida gapirmadik. Biz faqat o'z ishimizni bajaryapmiz. Bunday vaziyatlarni men bir necha marta boshdan kechirganman - bu yerda, shuningdek "Barselona" va "Bavariya"da. Albatta, biz so'nggi tur oldidan imkoniyatni saqlab qolishni xohlaymiz. Afsuski, ko'p narsa bizga bog'liq emas. Qolgan o'yinlarni yutib, titulni qo'lga kiritish uchun ancha yaxshiroq o'ynashimiz kerak", - dedi Gvardiola BBC nashriga.

"Shaharliklar" 77 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Arsenal" 79 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi.


Manba: BBC