Gvardiola: “Liverpul”ni 40 ochkoga ortda qoldirmoqchi edim, ammo …”

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2022, 07:40
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

“Liverpul”ni 40 ochkoga ortda qoldirishni istardim, ammo yanvardayoq bunga erishishning iloji yo'q. Bunday katta farqni ham kutmagandim.

Endi bizda tanaffus bo'ladi, shundan so'ng esa eng zo'r holatimizda qaytamiz”, deydi ispaniyalik.

“Shaharliklar” 23 o'yindan keyin turnir jadvalida 57 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ularni taqib qilayotgan mersisaydliklar hisobida esa 21 bahsdan so'ng, 45 ball mavjud.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport