Gvardiola: "Katta pulsiz katta jamoa qurib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
26 fev 2021
13 yil oldin "Manchester Siti"ni shayh Mansur o'z qo'liga oldi va katta pul investiciya kiritib, jamoani Yevropaning yuqori o'rinlariga olib chiqdi.

"Ko'pchilikning fikriga ko'ra, biz katta pullarsiz g'alabaga erisha olmas ekanmiz. Ha, balki bu haqiqatdir, buni to'g'ri qabul qilish kerak. Shunday klublar borki, ularning byudjeti biznikidan kattaroq va bizdan-da ko'proq pul sarflashadi.

"Yunayted" butun dunyoga hukmronlik qilgan paytda ham boshqalardan ko'ra ko'proq pul ishlatgan. Shuningdek, "Barselona" va "Real"da ham shunday. Bu borada boshqa klublardan bizni ajratib turadigan hech nima yo'q. Ammo katta pullarsiz katta jamoa tuzib bo'lmaydi. Hammasini to'g'ri qabul qilaman va maksimal kuch bilan ishlashda davom etaman", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal