

Eslatib o'tamiz, hujumchi Angliya Premer-ligasining 14-turidan o'rin olgan “Lester”ga (1:0) qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.
“Holand o'zini o'tgan dam olish kunlaridagiga qaraganda ancha yaxshi his qilmoqda, ammo u hali yuz foiz tayyor emas. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz”, – dedi Gvardiola.
Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik forvard barcha turnirlar doirasidagi 16 o'yinda 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Manchester Siti" 3 noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida "Sevilya"ni qabul qiladi, uchrashuv 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.



