

"Yigitlarga futbol haqida unutib, oila a'zolari bilan chempionlar sifatida vaqtni maroqli o'tkazishlarini aytdim.
Biz koncentraciyani saqlab qolishimiz kerak. Futbolchilar juda yaxshi mashg'ulot o'tkazishmoqda.
"Everton"ga qarshi o'yindan so'ng final haqida o'ylash uchun bizda 6 kun bo'ladi. Hozir esa "Brayton" haqida o'ylayapmiz. Biz finalga yaxshi holatga yetib borish ustida ishlamoqdamiz.
Agar "Brayton"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorlana olmasak, holatimiz yaxshi bo'lmaydi. Men hali "Chelsi" haqida gapirganim yo'q. "Brayton" bilan g'alaba uchun o'ynaymiz. Bu finalga tayyorlanishning eng yaxshi yo'li. 6 kundan keyin esa "Chelsi"ga yanada ko'proq e'tibor qaratishni boshlaymiz", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Siti" va "Chelsi" o'rtasidagi final o'yini 29 may kuni o'tkaziladi.



