Gvardiola durang haqida fikr bildirdi

5 may 2026, 07:24
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 35-turida "Everton"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotilganini sharhladi.

"Haqiqatan ham yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi taymda biz a'lo darajada o'ynadik. Juda-juda yaxshi. Ikkinchi taymda ular kuchaydi, biz esa, ehtimol, unchalik agressiv bo'lmadik va, albatta, gol o'tkazib yubordik. Ular hisobni tenglashtirishganidan so'ng o'zlarining haqiqiy inglizcha o'yinini ko'rsatishdi - juda agressiv, yakkama-yakka kurashlarda juda-juda agressiv. Umuman olganda, biz haqiqatan ham yaxshi o'yin ko'rsatdik", - dedi Gvardiola BBC nashriga.

Ushbu o'yindan so'ng "Everton" 48 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda, "Manchester Siti" esa 71 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Turnir jadvalini 76 ochko to'plagan "Arsenal" boshqarmoqda.


Manba: Championat.com