Gvardiola "Arsenal" bilan chempionlik poygasi haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026, 17:26
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi va oldinda jamoalarni qiyin palla kutayotganini aytdi.

"Keyin nima bo'lishini bilmayman, lekin hali ko'p narsa sodir bo'ladi. "Arsenal" haqida bir nima deyolmayman, ammo menda shunday his borki, biz barcha o'yinlarimizda g'alaba qozona olmaymiz", – dedi Gvardiola.

Hozirda "Arsenal" APL jadvalida 61 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, "Manchester Siti" esa 56 ochko bilan undan keyin kelmoqda.

So'nggi turda Pep Gvardiola jamoasi "Nyukasl" bilan o'ynab, 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com