Gustavo Poyet: "Agarda Mourinyo 3 yilda "Tottenxem" bilan sovrin olmasa, ajablanarli holat bo'ladi"

Mirjalol Normatov
11 may 2020
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Gustavo Poyet "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqida gapirdi.

"Pochettinoni ketkazib yuborish to'g'rimi noto'g'rimi bilmadim. Biz rahbariyatning xayollarini tasavvur ham qila olmaymiz.

Umuman olganda Pochettino bilan birgalikda klub 5 yil ajoyib davrni o'tkazdi. Argentinalik murabbiy jamoaning o'yin uslubini yuqori darajaga olib chiqdi. "Tottenxem" YCHL darajasidagi jamoaga aylantirildi.

Biroq klubdagilar o'zgarishlarni istashdi va Mourinyuni chaqirishdi. U sovrinlar uchun kurashadi, buni esa "Tottenxem" muxlislari ham istashmoqda. Murabbiyning kelishi va ketishi to'g'ri qaror bo'lganini vaqt ko'rsatadi. Agarda unga 3 yil taqdim qilinsa-yu, Mourinyu sovrin yuta olmasa, ajablanarli holat bo'ladi", - dedi Poyet.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal