“Al Nassr” yana bir legioner bilan tarkibni kuchaytirdi. U “Bavariya”da o'ynagan

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2022
“Fenerbahche” tayanch yarim himoyachisi Luis Gustavo faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

35 yoshli braziliyalik “Al Nassr” bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq, S.Arabistoni klubi “Napoli”ni erkin agent sifatida tark etgan David Ospinani o'z safiga qo'shib olgandi.

Gustavo turk klubidan tashqari, o'z vatanida “Korintians Alagoano” hamda KRB, “Xoffenxaym”, “Bavariya”, “Volfsburg” va “Marsel” sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia