Gus Xiddink: "Chelsi"ning Chempionshipga tushib ketishi mumkinligi haqiqat"

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2016, 15:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddink Angliya chempionati turnir jadvalidagi holati borasida fikr bildirdi.

"Chelsi"ning Chempionshipga tushib ketishi mumkinligi haqiqat. Oldimizda ikkita qiyin bahs bor.

4-o'rin bilan bizni 12 ochko ajratib turibdi. ALbbata, hammamiz kelajakda turnir jadvalining tepasida bo'lishni istaymiz, ammo haqiqatga tik boqish lozim: so'nggi pog'onalardan 6 ochko farqimiz bor.

Biz tinimsiz mehnat qilib, yuqori o'rinlarga chiqish uchun ochko to'plashimiz lozim" - deydi Xiddink.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC