Grizmann: "Yil futbolchisi" finalchilari orasida fransiyalik yo'qligi g'alati"

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann FIFA tomonidan topshiriladigan "Yil futbolchisi" finalchilari ro'yxati haqida fikr bildirdi.

"Bu yil faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatlisi deya olaman. Ko'proq gol urgan mavsumlarim bo'lgan, ammo sovrinlar borasida bu eng yaxshi natija. "Yil futbolchisi" finalchilari orasida fransiyalik yo'qligi g'alati. Afsus. Bu sovrinni FIFA topshiradi, shundaymi? Jahon chempionatini ham ular tashkillashtirishadi, to'g'rimi? Biz turnir g'olibiga aylandik, ammo uchlikda fransiyalik yo'q. Bu ularning tanlovi, ammo men uchun hayron qoladigani ro'yxatda jahon chempionlari emasligi" - deydi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Muhammad Saloh "Yil futbolchisi" sovrini finalchilari sifatida e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe