Grizmann 2017 yildan beri ilk marta Fransiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2024, 23:45
Antuan Grizmann Germaniya va Chiliga qarshi bahslar uchun milliy jamoa qarorgohiga bormaydi.

"Atletiko" hujumchisi jarohat tufayli bahslarda ishtirok eta olmaydi. Uning o'rniga "Lacio"dagi Matteo Genduzi terma jamoaga taklif etiladi.

Grizmann Fransiya terma jamoasining so'nggi barcha 84ta uchrashuvida ishtirok etgan. Ketma-ket bahslar 2017 yilning iyunida boshlangan va bu mamlakat uchun rekord hisoblanardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport