Grilish 2024 yil "Siti" safida birorta gol urmadi. Angliyalik 46ta o'yin o'tkazdi

Alisher
30 dek 2025, 01:27
Jek Grilish 2024 yil "Manchester Siti" safida gol ura olmadi.

"Shaharliklar" bugun "Lester" (2:0)ga qarshi APL 19-tur doirasidagi o'yin bilan kalendar yilidagi so'nggi uchrashuvni o'tkazishdi. Bahsda Savio va Erling Xoland gol urdi, Grilish esa zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

Angliyalik yakunlanayotgan yil "Siti" safida birorta gol urmadi. Grilish klub safida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/footballontnt