Gomis "Arsenal"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
Aslanov Jasurbek
6 may 2015
"Tottenxem"ga qarshi bahsda xushini yo'qotgan "Suonsi" hujumchisi Bafetimbi Gomis safga qaytishga yaqin.
"Bafe mashg'ulotlarga qaytdi va u qanchalik tayyorligini sinab ko'rishimiz kerak. Uning qaytishi jamoaga katta yordam berar edi, chunki bizda jarohatlanganlar ko'p" - deydi "Suonsi" bosh murabbiyi Garri Monk.