Golovin va Ben-Yedder PSJga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi

Alisher
20 noya 2020
"Monako" o'yinchilari Aleksandr Golovin va Vissam Ben-Yedder Liga 1 doirasidagi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "Monako" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Rossiyalik futbolchi jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlamoqda, ammo hali o'ynashga tayyor emas.

Jamoaning eng yaxshi to'purari Vissam Ben-Yedder ham "Monako"ga PSJga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Monako" - PSJ o'yini bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: asmonaco.com