Golovin agenti: "Hech qaysi Yevropa klubi bilan shartnoma imzolanmagan. Muzokaralar davom etmoqda"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2018
SSKA va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning agenti Oleg Artyomov o'z mijozining faoliyati rivoji haqidagi savolga javob berdi.

- Golovin "Chelsi" bilan shartnoma imzolagani haqiqatmi?

- Hech bir klub bilan bitim tuzilmagan. Qiziqish bildirayotgan barcha klublar muzokara o'tkazishmoqda.

Aleksandr SSKA futbolchisi bo'lib qoladi, hozir futbolchini chalg'itayotganim yo'q - shanba kuni JCH-2018 o'yini bo'lib o'tadi. U hozir faqat shu o'yinga bor e'tiborini qaratgan" - deydi agent.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Спорт-Экспресс»