

Ayni damda Lui van Gal shogirdlari turnir jadvalida 12 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.
"MYU chempion bo'lishi uchun etarli darajada kuchli emas. Van Gal jamoani qayta qurish uchun 3 oy so'ragan edi, ammo u o'z kuchiga haddan tashqari ishonib yubordi. Bu ish murabbiy o'ylaganidan ko'ra qiyinroq. U jahon chempionatidagi muvaffaqiyatidan mast bo'lib bu gaplarni gapirgan. O'ylashimcha, MYUning natijalari uni o'ziga keltirib qo'ydi" - deydi Nevill.



