Genrix Mxitaryan mundialda qaysi jamoaga ishqibozlik qiladi?

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2018
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan JCH-2018da qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi.

"JCH-2018da ajralib turgan yetakchi yo'q, hamma jamoalar yaxshi tayyorlangan. Chempionlik uchun asosiy davogarlar sifatida Ispaniya, Fransiya va Argentinani ko'rsatgan bo'lar edim.

Rossiya terma jamoasiga bosim o'tkazish kerak emas. Jamoa futbolchilarida katta bosim bor. Ularni tinch qo'yish kerak. Rossiyaliklar jiddiy tayyorgarlik ko'rishadi.

Agar ular ilk o'yinda g'olib bo'lishsa, guruhdan chiqish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi. Shaxsan o'zim Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilaman va ular pley-offga chiqishiga tilakdoshman.

Buvim rus ekanligini ko'pchilik biladi. Menga rus madaniyati va tarixi juda yoqadi. Har safar Moskvaga borganimda, boshqacha tuyg'ularni his qilaman" - deydi Mxitaryan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru