

"Men jamoamiz va ko'rsatgan o'yinimiz bilan faxrlanaman. Bu biz bosib o'tishimiz kerak bo'lgan yo'ldir. Xuddi shunday ruhda davom etishimiz kerak, chunki bizda o'ziga xos fazilat, o'ziga xos mentalitetga ega yosh jamoa bor. Bugun biz buni maydonda namoyish qildik. Ajoyib o'yinchilar va kuchli murabbiyga ega jamoaga qarshi 120 daqiqa o'ynadik", – dedi Gattuzo.
"Real" yarim final uchrashuvida "Barselona" – "Betis" g'olibi bilan o'ynaydi.



