Gasperini: "Elkamizga katta mas'uliyat yuklangan va muxlislarimizni xafa qilishga haqqimiz yo'q"

Alisher
12 avg 2020
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini YCHL chorak finali doirasidagi PSJga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz boy tajriba bo'lmasa ham Chempionlar Ligasi uchun harakat qilsa bo'lishini isbotladik. G'alaba qozonish irodasi, motivaciya va sadoqat katta ahamiyatga ega va bular doim futbol ishqibozlariga yoqadi.

Elkamizga katta mas'uliyat yuklangan va muxlislarimizni xafa qilishga haqqimiz yo'q. Men natijani aytmayapman, balki o'z qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda kuch-g'ayrat ko'rsatishimiz kerakligini nazarda tutyapman", - deydi Gasperini.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com