Gari Nevill: "So'nggi 20 yil davomida Pogbadan zo'rlar ham asosiy tarkibga kira olmaganini ko'rdim"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2018
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill yarim himoyachi Pol Pogbaning YCHL doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinida asosiy tarkibga kirmagani haqida gapirdi.

"Sevilya"ga qarshi o'yinda Pogbaning zaxirada qolganini tushunish qiyin bo'ldi. So'nggi 20 yilda Pogbadan ham zo'rlari MYUning asosiy tarkibiga kira olmaganini ko'rganman. Bu haqoratlash emas, oddiy bir voqea. U yurakdan ishlab, asosiy tarkibga qaytishi kerak. Chunki, uni Runi, Vidich, Evra, Ferdinand, Giggz, Skoulz va men kabi jamoada uzoq vaqt qolishini istayman", - dedi Nevill.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru