

"Ikki hafta oldin Mourinyo "Tottenxem" bilan APLni yuta olmasligini aytgandim. Hali ham o'z fikrimda qolaman, biroq shu o'rinda Karragerning fikrlariga qo'shilib ketaman. Haqiqatdan ham, Mourinyoning "Tottenxem" boshqaruvida APL bosh sovrinini qo'lga kiritishi - ajoyib tarix bo'lardi.
Bu esa "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" muxlislargi qattiq ta’sir qiladi. "Tottenxem" kabi APL bosh sovrinini qo'lga kiritmagan jamoa uchun bu rostdan ham ajoyib tarix bo'lardi. Buning uchun Jozeda yaxshi imkoniyatlar va hujumchilar bor. Menimcha, uning qo'l ostida eng kuchli hujum chizig'i o'ynaydi", - dedi Nevill.



