Gari Nevill: "Angliya, Fransiya va Portugaliya - Evro-2024ning asosiy favoritlari"

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2024
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Gari Nevill kimlarni Evro-2024 favoritlari deb hisoblashini aytib o'tdi.

"Portugaliya terma jamoasi - ulkan tajribaga ega ajoyib jamoa. O'ylashimcha, ular Angliya va Fransiya bilan bir qatorda musobaqaning asosiy favoritlari. Ularni to'xtatish oson bo'lmaydi", - deya Nevillning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com