

Endi G'anievga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatoriga Kievning “Dinamo” klubi ham qo'shildi. 18 yoshli futbolchiga Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, G'aniev o'tgan yili Bahraynda o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi tarkibida 1/4 finalga qadar yetib borgandi.




