"Galatasaroy" prezidenti Messi bilan bog'liq mish-mishlar haqida: "Biz bunday muzokaralar olib borish mumkin bo'lgan darajaga etdik"

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025
"Galatasaroy" prezidenti Dursun O'zbek Lionel Messining "Inter Mayami"dan qisqa muddatga ijaraga olinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Rasmiyning so'zlariga ko'ra, Istanbul klubining hozirgi holati ularga hatto eng ambiciyali variantlarni ham ko'rib chiqishga imkon beradi:

"Siz Messi haqida gapiryapsizmi? "Galatasaroy" allaqachon bunday muzokaralar olib borish mumkin bo'lgan darajaga etgan. Biz plankani juda yuqori ko'tardik. Ketma-ket uchta chempionlikni qo'lga kiritgan jamoaning asosini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik. Biz qilayotgan barcha ishlar - moliyaviy imkoniyatlarimiz doirasida. Shuning uchun bizdan Messi haqida so'rashlari mumkin".

MLS'ning muntazam mavsumi oktyabr oyida yakunlandi, pley-off dekabr oyining boshigacha davom etadi va yangi mavsum 2026 yil mart oyida boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline