"Galatasaroy" Ben Arfa bilan shartnoma imzolaydi

Fransiyalik yarim himoyachi Xatem Ben Arfa faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

"Goal.com" nashri xabariga ko'ra, "Galatasaroy" allaqachon 32 yoshli futbolchiga 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Ben Arfa o'tgan mavsum yakunida "Renn"dan ketganidan beri erkin agent maqomida turibdi.

Eslatib o'tamiz, u faoliyati davomida "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall Siti" va PSJ singari jamoalar sharafini himoya qilgan.


Manba: Goal.com