

Eron FF etika Qo'mitasi federatsiya prezidentini ikki yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlatdi. Shaohobiddin Azizi o'tgan bir yil davomida "belgilangan tartibdagi normativlarni bajarmagani uchun" qo'mita tomonidan chetlatildi.
Shu yilning fevral oyida futbol federatsiya direktorlar kengashi tezkor yig'ilish o'tkazib, rahbarni ishdan olishgandi. Oradan ko'p o'tmay uning federatsiyadagi faoliyati bo'yicha jinoiy ish ochildi va endilikda ushbu mutaxassis futbolda ishlay olmaydi.
Jurnalistlarning yozishicha, Shahobiddin Azizi Xademda Eron futbol federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanish uchun umuman imkoniyat qolmadi. Hozircha bu lavozimda Mirsahd Majedi ishlab kelmoqda.



