Gadji Gadjiev: Dog'istonga keladigan istalgan jamoaning xavfsizligini taminlay olamiz

Narzulla Saydullayev
21 fev 2014, 09:03
Anji bosh murabbiyi Gadji Gadjiev Yevropa ligasi o'yinlarini ham Dog'istonda o'tkazish mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi Genkka qarshi o'yin (0:0) Ramenskda bo'lib o'tgan.

Dog'istonga keladigan istalgan jamoaning xavfsizligini taminlay olamiz. U yerda ko'plab o'yinlar o'tkazganmiz, hozirgacha hech qanday yomon holat bo'lmadi.

Maxachqalada maydon juda sifatli. O'z uyimizda o'ynasak juda yaxshi bo'lardi, – deydi Gadjiev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru