

"Bu yil "eng yaxshi futbolchi"ga beriladigan sovrinni Grizmann olmasa tushunmayman. Antuan "Oltin to'p"ga haqli. Chunki, Jahon chempionati, UEFA Superkubogi va Yevropa Ligasida zafar quchdi. O'z vaqtida Fabio Kannavaro ham JCH g'olibi bo'lganida, mazkur mukofotga ega chiqqandi. Hozir, Grizmannda xuddi shunday holat. Antuan "Oltin to'p"ni olmasa, ushbu sovrin ahamiyatini yo'qotadi", - deya Gabini so'zlarini keltiradi Goal nashri.




