Fyoller Germaniya terma jamoasi sport direktori etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2023
Sobiq futbolchi Rudi Fyoller Germaniya terma jamoasi sport direktori lavozimida Oliver Birxoffning o'rnini egallaydi.

Bu haqda Germaniya Futbol Federatsiyasi xabar berdi.

Germaniyalik mutaxassis 1 fevraldan boshlab yangi lavozimida ish boshlaydi. Birxoff Germaniya terma jamoasidagi 18 yillik faoliyatidan so'ng dekabr oyi boshida lavozimni tark etgandi.

"Asosiy maqsad – butun Germaniya ko'magida muvaffaqiyatli Evro-2024 uchun poydevor qo'yish", – deyiladi press-relizda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dfb.de