Futzalchilarimiz Belarusga jo'nab kyetishdi

Aziz Tukhtamuradov
2 fev 2023
Avval xabar berilganidek, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 4-5 fevral kunlari Belarusga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkao'adi.

Bugun terma jamoamiz vakillari ushbu o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun Belarusga yo'l olishdi. Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o'tamiz, terma jamoa Bahodir Ahmedov boshchiligida 27 yanvar kuni Toshkentda yig'in boshlagandi. Mazkur yig'inning ikkinchi qismi Belarusda davom etadi. 

championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Bahodir Ahmedov Belarusdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga quyidagi tarkibni jalb etgan: 

Futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ: Abbos Elmurodov (BMB), Abbosbek O'lmasbekov (AGMK), Mashrab Odilov (BMB), Ilhom Hamroev ("Jizzax-Kenteks"), Husniddin Nishonov (BMB), Dilshod Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), Davron Choriev (BMB), Akbar Usmonov (BMB), Shahram Faxriddinov ("Jizzax-Kenteks"), Elbek To'lqinov ("Jizzax-Kenteks"), Sunnat Jo'raev ("Jizzax-Kenteks"), Timur Salimov ("Dinamo"), Behruz Samiev ("Oil Star"), Muzaffar Ahadjonov (BMB), Abdulla Solihov (AGMK), Samariddin Berkinov ("Dinamo").


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати