"Dinamo" o'rtoqlik o'yinida Belarus klubini yirik hisobda taslim qildi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025, 17:43
Mavsumning ikkinchi davrasiga Belarusda tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Belarus Oliy ligasi vakili Molodechnoga qarshi o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari raqibdan ustunlik qilishdi va 1-bo'limning o'zidayoq o'yin taqdirini hal qilishdi. Anvarjon Hojimirzaev hisobni ochgan bo'lsa, jamoaning yangi hujumchisi Ulug'bek Hoshimov dublga erishdi – 3:0. Samarqandliklar yig'indagi so'nggi o'yinini 25 iyul kuni Vitebskga qarshi o'ynaydi.


O'rtoqlik o'yini. 23 iyul. Minsk

Molodechno - Dinamo - 0:3

Gollar: Anvarjon Hojimirzaev 15, Ulug'bek Hoshimov 25, 35.

Dinamo: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Динамо матбуот хизмати