Belarus chempionatining ikkinchi to'purari Toshkent jamoasiga o'tishi kerak edi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026, 19:53
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibiga Belarus chempionatining yakunlangan mavsumi ikkinchi to'purarini qo'shib olishi mumkin edi.

Saytimiz jurnalisti Tolibjon Qosimovning ma'lumotiga ko'ra, "Slaviya" jamoasi futbolchisi Andrey Solovey Toshkent jamoasiga o'tishi kerak bo'lgan.

"Toshkentning "Lokomotiv" klubi Belarus chempionatining ikkinchi to'purari Andrey Solovey bilan kelishuvga erishgan edi. Ammo, 31 yoshli futbolchi vizasi bilan bog'liq muammolar sabab mamlakatdan chiqib keta olmadi.

Belarus chempionatining o'tgan mavsumida Solovey 16 ta gol urgan", - deb yoziladi ma'lumotda.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" "Slaviya"ning asosiy futbolchisi Nikolay Ivanovni tarkibiga qo'shib olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/qosimovt