Futzal va sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionatlari qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
10 noya 2020, 17:54
Bugun OFK Futzal va Sohil futboli qo'mitasining tarixiy, birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Quvaytda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2021 yilga qoldirildi

Onlayn tarzda o'tgan tadbirda futzal bo'yicha Osiyo chempionatining taqvimi tasdiqlandi. Unga ko'ra, mazkur chempionat 23 martdan 3 aprelga qadar Quvayt mamlakatida bo'lib o'tadigan bo'ldi.

Shuningdek, qo'mita majlisida sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionatini 28 apreldan 8 mayga qadar Tailandda o'tkazish taklifi maqullangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати