

O'zbekiston U-20 terma jamoasi delegaciyasi 8 may kuni Tailandga uchib ketgan edi. Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlarimiz avvaliga 10 may sanasida Vetnam yoshlariga qarshi nazorat o'yini o'tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun esa U-20 terma jamoamiz Xitoy U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Yoshlarimiz tarkibida gollarga Said Rizo Mirsharofov, Xusniddin Nishonov hamda darvozabon Sunnat Anvarovlar mualliflik qilishdi.
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Bruney U-20 termasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.
Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.



