Futzal, OCH–2018. O'zbekiston Yaponiya qarshi ko'k rangli formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2018
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichining so'nggi uchrashuvni o'tkazadi.

“B” guruhi 3-turida Bahodir Ahmedov shogirdlari Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston va Yaponiya dastlabki ikki turda 6 ochkodan to'plagan holda muddatidan avval chorak final masalasini hal qilgan bo'lsa-da, bugungi bellashuv guruh yetakchisini aniqlab beradi. Guruh g'olibi chorak finalda "A" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

"A" guruhida Xitoy Taypeyi, Malayziya, Bahrayn va Vetnam terma jamoalari joylashgan. 2-turdan so'ng musobaqa mezboni Xitoy Taypeyi 4 ochko bilan 1-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 2-o'rinda Malayziya terma jamoasi bormoqda.

O'zbekistonlik futzalchilar bugun ko'k rangli formada maydonga tushadi. Yaponiya esa oq liboslarda o'ynaydi.


Parallel ravishda “B” guruhining qolgan ikki vakili – Janubiy Koreya va Tojikiston termalari o'zaro kuch sinashadi.

Futzal. OCH–2018
“B”guruhi, 3-tur
5 fevral, dushanba

13:30     O'zbekiston – Yaponiya
13:30     Tojikiston – Janubiy Koreya


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com