Futzal. "So'g'diyona" Jizzaxda o'zbek futzali yulduzlariga qarshi bahs yuritdi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2018
Jizzaxdagi “So'g'diyona” sport majmuasi zalida “So'g'diyona” futzal jamoasi o'zbek futzal yulduzlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi ko'rgazmali uchrashuv o'tkazdi.

So'zsiz Jizzaxlik muxlislar bundan juda xursand bo'ldi va natijada zalda bo'sh o'rindiqlar qolmadi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan ko'plab muxlislar qiziqarli va gollarga boy o'yinning guvohiga aylanishdi. Ushbu bahsda “So'g'diyona” futzal jamoasi a'zosi Dilshod Raxmatov yulduzlar jamoasi safida harakat qildi. Jami 11 ta gol kiritilgan o'yin 6:5 hisobida O'zbekiston yulduzlari terma jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi.


“So'g'diyona” - O'zbekiston terma jamoasi 5:6
Gollar: 
Shuxrat Suyarqulov, Sirojiddin Shokirov, Ilxom Xamroev ,Otamurod Jumanov, Botir Rizaev, Javlon Anorov, Davron Choriev (3 ta), Farhod Abdumavlonov (2 ta).

"So'g'diyona": (birinchi beshlik ) Oybek Akmalov, Otamurod Jumanov, Shuxrat Suyarqulov ,Eldor Meliev, Sirojiddin Shokirov,
Doniyor Toxirov, Ilxom Xamroev, Soxib Narzullaev, Firdavs Ravshanov, Shoxjahon Shoxnazarov, Dilmurod Jumanov, Botir Rizaev,Fayoz Juraboev.

O'zbekiston futzal yulduzlari jamoasi: (birinchi beshlik) Rustam Umarov, Shuxrat Tojiboev, Javlon Anorov, Dilshod Raxmatov, Farxod Abdumavlonov.
Jamol Sharipov ,Konstantin Sviridov ,Davron Choriev, Maxsud Fayzullaev.

Shu o'rinda yana bir ma'lumot. “So'g'diyona” futzal jamoasi murabbiylari tarkibni kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Jamoa tarkibiga Dilshod Raxmatov, Ilxom Xamroev , Soxib Narzullaev, Firdavs Ravshanov kabi tajribali futbolchilar taklif etildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com