Futzal. Futbol bo'yicha Yevropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Оқил Абдубарноев
3 avg 2024, 05:20
Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha birinchi jahon chempionatiga 1989 yilning 5–15 yanvar kunlari Niderlandiya mezbonlik qildi.

Turnirda ishtirok etish uchun Yevropadan 6 ta, Janubiy Amerikadan 3 ta, Shimoliy Amerika, Afrika va Osiyodan 2 ta va Okeaniyadan 1 ta, jami 16 mamlakat taklif etilgan.

O'sha yili Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi o'zining yuz yilligini ham nishonlagan, shu sababli ham musobaqa ikki hissa bayramona ruhda o'tgan.  

Musobaqa chempioni Braziliya birinchi bosqichni Vengriyadan uchralgan mag'lubiyat (2:3) bilan boshlagan bo'lsa-da, keyinchalik ikkinchi bosqichga yo'l olib, yakunda oltin medallarni o'ziniki qiladi. 

Braziliyaliklar hal qiluvchi bahsda to'rt mingdan ortiq tomoshabin qarshisida mezbon Niderlandiya terma jamoasini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi o'rin esa AQSHga nasib etdi.

Futzal musobaqasida bir qator professional futbolchilar ham ishtirok etgan. Ulardan eng mashhuri 1992 yil futbol bo'yicha Yevropa chempioniga aylangan daniyalik Brian Laudrup edi. Laudrup birinchi bosqichning uchta o'yinida o'z hisobiga to'rtta gol yozdirib qo'ydi, biroq u va yashil maydonda qita chempionligini qo'lga kiritgan bir nechta sherigining say-harakatlari ham jamoasiga yordam bera olmadi.

"Turnir juda qiziqarli bo'ldi, chunki bu yerda ko'plab texnik mahorat, ajoyib qobiliyat va turli mamlakatlarni ko'rishingiz mumkin edi. Biz texnik jihat bilan maqtana olmasdik. Bizni har doim jismoniy, taktik jihatdan yaxshi deb bilishgan, ammo ushbu musobaqadan so'ng ko'pchilik daniyalik o'yinchilarning texnik jihatdan ham qobiliyatli ekanligiga guvoh bo'lishdi", deya turnir haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Laudrup.

1-bosqich

"A" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Niderlandiya321010-55*
Paragvay31209-44
Daniya311112-103
Jazoir30035-170

* Avvallari g'alaba uchun 2 ochko taqdim etilgan.
"B" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya320114-44
Vengriya320117-94
Ispaniya320114-94
Saudiya Arabistoni30034-270


"C" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Belgiya33008-16
Argentina32016-54
Kanada31027-72
Yaponiya30033-110


"D" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
AQSH321010-35
Italiya320112-64
Avstraliya31116-83
Zimbabve30033-140


2-bosqich

"A" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Belgiya32109-45
Niderlandiya31118-63
Vengriya30216-82
Italiya31025-102


"B" guruhi

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
AQSH330010-46
Braziliya320114-94
Paragvay31025-102
Argentina30037-130


Yarim final

Belgiya - Braziliya 3:3 (pen. 3:5)

AQSH - Niderlandiya 1:2

3-o'rin uchun

Belgiya - AQSH 2:3 (qo'shimcha vaqt)

Final

Braziliya - Niderlandiya 2:1


Mezbon mamlakatNiderlandiya
Turnir o'tkazilgan shaharlar: 5 (Amstyerdam, Arnem, Leuvarden, Xertogenbosa va Rottyerdam)
Turnir o'tkazilgan sana: 5–15 yanvar, 1989 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 86500 (har o'yinga 2163)
Urilgan gollar: 221 (har o'yinga 5.53ta gol)
To'purar: Laslo Cadani (Vengriya, 7ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Viktor Xermans (Niderlandiya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia