

Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi "Maksam-Chirchiq"ni ikkinchi bahsda ham kichik hisob (3:2)da mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. Jamoalarning kechagi o'yinidan keyin qarshiliklar a'zosi Feruz Faxriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Biz uchun har ikkala o'yin ham qiyin o'tdi. Bugungi uchrashuvda hatto imkoniyatni boy berib qo'yishimiz ham mumkin edi. "Maksam-Chirchiq" jamoasi pley-offga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Shuning uchun ikkita uchrashuvda ham juda qiyin g'alabalarni qo'lga kiritdik. Yigitlar borlarini berib keyingi bosqichga chiqishga harakat qilishdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Nasib qilsa, yarim finalda ham ijobiy natija qayd etishga intilamiz. O'yinimiz hozirgidan yaxshiroq chiqishi uchun mashg'ulotlarda hali ko'p ishlaymiz", - deydi Faxriddinov.




