Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekistonning guruhdoshi Yaponiya Tojikistonni yutib, pley-offga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026, 18:37
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Tojikiston – Yaponiya bahsi poyoniga etdi.

Unda "samuraylar" kichik hisobda g'alaba qozonib, chorak finalga chiqdi va "D" guruhida ikkinchi o'rinni oladigan Eron yoki Afg'oniston bilan to'qnash keladi.

Shunindek, "A" guruhida Indoneziya va Iroq, "B" guruhida esa Tailand va Vetnam 2 tadan g'alabaga erishib, chorak final yo'llanmasini naqd qildi. 

Osiyo Kubogi

"C" guruhi. 2-tur

Tojikiston – Yaponiya 0:3

Gol: Shunta Uchimura 18', Kaito Yamada 35', Shoto Yamanaka 40'

Tojikiston (dastlabki beshlik): 1.Firuz Bekmurodov, 6.Idris Yorov, 7.Bahodir Xo'jaev, 13.Baxtiyor Soliev, 14.Dilshod Salomov.

Zaxira: 2.Nuriddin Jabborov, 3.Abduqayum Umarov, 4.Nasratsho Ismoilov, 5.Samandar Rizomov, 8.Muhammadjon Sharipov, 9.Muhammad Rajabov, 10.Umed Kuziev, 11.Komron Aliev, 12.Nekruz Idiev.

Yaponiya (dastlabki beshlik): 2.Xiroshi Tabuchi, 3.Shunta Uchimura, 7.Shoto Yamanaka, 9.Takexiro Motoishi, 10.Shunta Uchida.

Zaxira: 1.Rafael Fabio, 4.Kentaro Ishida, 5.Kaito Yamado, 6.Tomoki Yoshikava, 8.Izu Ryuji Rai, 11.Kazuya Shimizu, 12.Kokoro Xarada, 13.Ryoto Kai, 14.Yusei Arai.

Eslatib o'tamiz, Yaponiya o'tgan turda Avstraliyani 6:2 hisobida taslim etgan bo'lsa, O'zbekiston Tojikiston bilan durang o'ynagandi (0:0). Bugun Nodir Eliboev shogirdlari Avstraliyani 6:2 hisobida mag'lub etdi. Endi O'zbekiston 1 fevral kuni so'nggi tur doirasida gurug' g'olibligi uchun Yaponiya bilan bahs yuritsa, Tojikiston Avstraliya bilan to'qnashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia