Futzal bo'yicha Osiyo chempionati. O'zbekiston joy olgan guruh haqida nimalarni bilamiz?

Xayrulla Xoliqov
22 sen 2022, 22:10
Ma'lumki, 27 sentyabr - 8 oktyabr oralig'ida Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan. Guruhdagi raqiblarimiz: Turkmaniston, Tojikiston va Bahrayn.

Osiyo chempionatida 16ta jamoa 4tadan 4 guruhga bo'lingan. Guruh o'yinlari yakuniga ko'ra, ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 

Dastlab barcha guruhlarni keltirib o'tamiz: 

"A" guruhi: Quvayt, Iroq, Tailand, Ummon.

"B" guruhi: O'zbekiston, Bahrayn, Tojikiston, Turkmaniston. 

"C" guruhi: Eron, Livan, Xitoy Taypeyi, Indoneziya.

"D" guruhi: Yaponiya, Vetnam, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.


Guruhimizdagi o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:

1-tur. 27 sentyabr

Bahrayn - Tojikiston

O'zbekiston - Turkmaniston


2-tur. 29 sentyabr

Tojikiston - O'zbekiston

Turkmaniston - Bahrayn


3-tur. 1 oktyabr

Tojikiston - Turkmaniston

O'zbekiston - Bahrayn

Unutmang! Quvaytdagi musobaqa hisob bo'yicha 17-futzal Osiyo chempionati hisoblanadi.

 


Terma jamoalar haqida ma'lumot:


O'ZBEKISTON futzal terma jamoasi

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 15

Eng yaxshi natijasi: Finalchi (4 marta - 2001, 2006, 2010, 2016)

Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov


BAHRAYN futzal terma jamoasi

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 2

Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1 marta - 2018)

Bosh murabbiy: Marselino Aparesido da Silva


TOJIKISTON futzal terma jamoasi

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 10

Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1 marta - 2007)

Bosh murabbiy: Payrav Vohidov


TURKMANISTON futzal terma jamoasi

Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 6

Eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi

Bosh murabbiy: Guvanch Kanaev

Bilasizmi? Turkmaniston 10 yillik tanaffusdan so'ng futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi.


P.S. O'zbekiston futzal terma jamoasidan bu musobaqada qanday natija kutyapsiz? O'z fikringizni izohlarda qoldiring.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia