Futzal afsonasi "Jizzax Kenteks"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2022
Futzal mavsumi yakuniga etganiga ancha bo'ldi.

Ayni paytda milliy va yoshlar terma jamoalarimiz birin-ketin yig'in o'tkazishmoqda. O'z o'rnida klublarimiz tarkibni shakllantirish bilan shug'ullanishmoqda.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Jizzax Kenteks" o'zbek futzali afsonalaridan biri bilan shartnoma imzoladi. Oxirgi yillarni AGMK tarkibida o'tkazib kelgan darvozabon Rustam Umarov yangi mavsumni jizzaxliklar tarkibida o'tkazadi. Umarov olmaliqliklar bilan ketma-ket mamlakat chempionligi va oxirgi 2 mavsumda kumush medallarni qo'lga kiritdi.


"Jizzax Kenteks"ga AGMKdan yana bir futzalchi Sunnatilla Jo'raev ham o'tdi. U bilan ham 1 yillik shartnoma imzolangan.


Eslatib o'tamiz, yaqinda "Jizzax Kenteks"ning o'tgan mavsumdagi asosiy darvozaboni Abbos Elmurodov BMB jamoasiga o'tgan edi.


Futzal. BMB O'zbekiston MTJning 7 nafar o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia