Futbolning yana bir qoidasi o'zgarish arafasida

Mirjalol Normatov
27 okt 2018
Butunjahon futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futboldagi bir qoidani o'zgartirishga tayyor turibdi.

Unga ko'ra, kengash qo'shimcha daqiqalarda futbolchi o'zgartirilishini taqiqlamoqchi. Shu orqali ular vaqtning cho'zilishiga chek qo'yishmoqchi.

Shuningdek, katta turnirlarda futbolchilar istalgan joydan maydonni tark etishiga ham rozilik berishmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraph