"Futbol sharhi": O'FF Qosimovni iste'foga chiqarishi kerak

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2015
Kecha SPORT telekanalida "Futbol sharhi" ko'rsatuvi bo'lib o'tdi.
"O'zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi 4ta uchrashuvda salbiy natijalari uchun kimdir javob berishi shart. Terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan durang o'ynadi, Yaponiyaga yirik (1:5) hisobda yutqazib qo'ydi. Eronga 0:1 hisobida, KXDRga qarshi o'yinlarda 2:4 hisobidagi mag'lubiyat kuzatildi. Nazarimizda O'FF Mirjalol Qosimovni iste'foga chiqarishi kerak. Shundan so'ng yurtimizda futbol muhitida o'zgarish yuz beradi", - deb aytib o'tdi "Futbol sharhi" ko'rsatuvi muallifi Zafar Imomxo'jaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia