"Fulxem" Villianga yangi shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 15:31
Braziliyalik futbolchi APLni tark etish niyatida emas.

"Fulxem" yarim himoyachisi Villianga yangi bir yillik shartnoma taklif qilindi. Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda. Kelishuv braziliyalikning hozirgi taklifiga o'xshash bo'lishi kutilmoqda, uning maoshi haftasiga 50 000 funtni tashkil qiladi.

Villian hozirda tatilda va variantlarni ko'rib chiqmoqda. Bosh murabbiy Marku Silva uning harakatlaridan qoniqish hosil qilgan. Shuning uchun braziliyalikning kelasi yil yana oq libosni kiyish ehtimoli tobora ortib bormoqda.

34 yoshli Villian o'tgan mavsum "Fulxem" safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic