Fuks: "Ranerining iste'fosida hamma "Lester" futbolchilarini ayblashini bilgandim"
Aslanov Jasurbek
26 mar 2017
"Lester Siti" himoyachisi Kristian Fuksning ma'lum qilishicha, "tulkilar" futbolchilarining jamoa sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri iste'fosiga aloqasi yo'q.
"Klub bosslari va futbolchilar o'rtasida Ranerini yo'qotish uchun hech qanday suhbat bo'lmagan. Ammo odamlar baribir bizni aybdor deb o'ylashadi. Shu sababli Klaudio ketganidan so'ng telefonimni 3 kunga o'chirib qo'ydim" - deydi Fuks.