Frenki de Yong “Barsa” bilan xayrlashdi (mi?)

Eldor Akmurzayev
22 may 2022
“Barselona” xavbeki Frenki de Yong jamoasini o'zgartirishi mumkin.

U klubning mashg'ulotlari o'tkaziladigan bazadan katta korobka bilan chiqib, avtosiga o'tirgan va atrofda yig'iladigan doimiy muxlislarga bir nechta butsasini sovg'a qilgan.

Qayd etilishicha, niderlandiyalikning kayfiyati yaxshi bo'lmagan. Avvalroq, 25 yoshli o'yinchi faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi xabar qilingandi.

U joriy mavsum La Ligada 31 bahsda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport.es